Qurolsiz tinch aholini o‘ldirgan rus askariga hukm o‘qildi

Olam

image

Kiyevda sud rossiyalik harbiy Vadim Shishimarinni Sumi viloyatida yashovchi qurolsiz Aleksandr Shelipovni o‘ldirganlikda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

U qasddan qotillik bilan birgalikda urush qonunlari va urf-odatlarini buzganlikda ham ayblangan.

Shishimarin sudda o‘z aybiga iqror bo‘lib, marhumning bevasidan kechirim so‘radi. U Shelipovni o‘ldirmoqchi emasligini va uni zobitning talabiga binoan otib tashlaganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 28 fevral kuni Sumi viloyatidagi Kamishi qishlog‘i yaqinida tarkibida 21 yoshli serjant Shishimarin ham bo‘lgan kolonna Ukraina armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Chekinish chog‘ida u boshqa to‘rt nafar rus askari bilan chet el mashinasini o‘g‘irlab, chegara tomon harakatlana boshlagan.

Lebedin ko‘chasidagi 52-uy oldida ular telefonda gaplashib turgan 62 yoshli mahalliy aholi vakili – Aleksandr Fedorovich Shelipovni uchratgan. Keyinchalik vafot etgan rossiyalik harbiy Pufakov Shishimaringa bu odam ukrain harbiylariga ular haqida ma’lumot yetkazmasligi uchun uni o‘ldirishni buyurgan. Shishimarin avtomatdan o‘t ochgan. Bu Ukraina tomoni taqdim etgan voqealar versiyasi.


Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing