Qurolli kuchlarni qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etiladi
Jamiyat
−
03 fevral 2023
5704O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi. Bu bo‘yicha “O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzonlandi.
Farmonga ko‘ra, komissiya maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika bilan ta’minlashning yaqin, o‘rta va uzoq istiqbollarini belgilaydi. Shuningdek, unga oid tegishli dasturlarni ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi va boshqa qator vazifalarni amalga oshiradi. Davlat komissiyasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hisoblanadi.
Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida agentlik tashkil etiladi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida esa xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug‘ullanadigan “O'ztextreyd” davlat unitar korxonasi tuziladi.
Agentlik mudofaa sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solish va ularni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
LiveBarchasi