Qurolga egalik kiluvchi fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro‘yxatini, shuningdek fuqarolarning tibbiy tekshiruvdan o‘tish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Qurolga egalik kiluvchi fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va “Qurol to‘g‘risida” gi  qonunlariga asosan qurolga egalik kiluvchi fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Unga asosan, tibbiy ko‘riklar davlat tasarrufidagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish davriyligi 1 yilda bir marta.

Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish paytida qurolga egalik kiluvchi ishlovchi fuqarolarning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Tibbiy ko‘rikni o‘tkazish tartibi:

Qurolga egalik kiluvchi fuqaro tibbiy ko‘rikdan uchun tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati bilan kelishi lozim.

Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish uchun tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tibbiy komissiya tashkil etiladi.

Tibbiy komissiya tarkibi 2-ilovalarida belgilangan talablardan kelib chiqib hal etiladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi qurolga egalik kiluvchi fuqaroda psixik kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirishda ularning yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrach-psixiatri tomonidan amalga oshiriladi.

Tuman vrach-psixiatri bo‘lmagan taqdirda psixiatrik tekshirish tumanlararo yoki viloyat (shahar, respublika) psixonevrologiya dispanserining vrach-psixiatrlari tomonidan amalga oshiriladi.

Agar qurolga egalik kiluvchi fuqaro psixik kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida tursa, unga bu haqda belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Agar qurolga egalik kiluvchi fuqaro psixik kasalliklar bo‘yicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, unga vrach-psixiatrning imzosi qo‘yilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi.

Ma’lumotnomalar ushbu davolash-profilaktika muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.

Tibbiy komissiya tomonidan qurolga egalik kiluvchi fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni qayd etish maqsadida ambulator tibbiy karta yuritiladi. Ambulator tibbiy kartada tibbiy ko‘rikni o‘tkazishda ishtirok etgan har bir vrach va mutaxassislarning qurolga egalik kiluvchi fuqaro to‘g‘risidagi xulosalari ko‘rsatiladi.

Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra fuqaro qurolga egalik kilishda yaroqsiz deb topilganda, unga bu to‘g‘risida tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi beriladi va ushbu xulosaning nusxasi uch kunlik muddat ichida fuqaro yashash manziliga yuboriladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan qurolga egalik kiluvchi fuqarolar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emaslar.

Ma’lumot uchun, davlat organlari va mansabdor shaxslarning ushbu Qonunda belgilangan fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlari ustidan yuqori davlat organlariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing