Qurol ishlab chiqaradigan kompaniya “Borussiya”ning homiysi bo‘ldi
Sport
−
30 may
3155Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Dortmundning “Borussiya” klubi homiysiga aylandi. Bu haqda “Kicker” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rheinmetall Yevropadagi eng yirik harbiy texnika va qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. “Borussiya” mazkur kelishuvdan yiliga 1 million yevrodan 9 million yevrogacha daromad qiladi.
Qayd etilishicha, Dyusseldorfda joylashgan kompaniya logotipi “Borussiya” stadionidagi bilbordlarda aks etadi, ammo jamoa libosida bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, “Borussiya” joriy mavsum Germaniya chempionatini 5-o‘rinda yakunladi. Jamoa keyingi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) o‘ynashi uchun 2 iyunga o‘tar kechasi YeCHL finalida Madridning "Real" klubini mag‘lub etishi kerak.