Qo‘rquvdan emas – “Tolibon” afg‘onlar nega qochayotganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Afg‘onlar mamlakatni toliblardan qo‘rqqani uchun emas, iqtisodiy sabablarga ko‘ra tark etmoqda. Bu haqda “Tolibon” harakati matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shohin “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida ta’kidladi. 

“Ularning G‘arb davlatlariga ko‘chib o‘tishni xohlashi iqtisodiy migratsiyaning bir turi xolos. Afg‘oniston – qashshoq mamlakat, aholining 70 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydi, shuning uchun hamma G‘arb davlatlariga ko‘chib o‘tishni va yaxshi yashashni istaydi. Ularning mamlakatdan chiqib ketishi qo‘rquvdan emas, aksincha, farovon hayotni xohlashidan”, deydi Suhayl. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan hafta boshidan buyon Qobul aeroportida betartiblik hukm surmoqda, ko‘plab vertolyotlar uchishi va qo‘nishi xorijiy xodimlar, jumladan diplomatlar hamda chet el missiyalarida bo‘lgan afg‘onlar mamlakatdan evakuatsiya qilinmoqda. Mamlakatni tark etishga uringan ko‘plab afg‘onlar aeroportga kelib, samolyotlarga hujum qila boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. O‘sha kuni Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1544

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing