Qo‘rqmanglar – Prezident vazirlarni xato qilishdan qo‘rqmaslikka chaqirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi palatalarining qo‘shma majlisi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev ijrodagi kamchiliklar, vazirlarning viloyatlarda yurishi va ulardagi qo‘rquv haqida aytib o‘tdi. 

“Kecha hay aytdim. 20 davomida bizda qo‘rquv bor edi. Rahbar bor, mas’ul bor, lekin javobgarlikni oladigan odam yo‘q edi. Shu bizning qonimizga singib ketgan. U zamon o‘tib ketdi. Sizlar qo‘rqmanglar. Xato qilishga hammaning haqi bor. Lekin shu xatoni takrorlamaslik uchun chora-tadbir kerak. Lekin qo‘rqib o‘tirish – xiyonat. Bu o‘zingizga, mas’ul idorangizga xiyonat. Xalqimizga manfaat keltirmaydi qo‘rqib o‘tirishingiz. Har bir rahbar o‘z sohasi bo‘yicha o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak”, deydi davlat rahbar. 

Prezident so‘zida davom etarkan, aholi va tadbirkorlar muammolarini hal etish rahbarlar faoliyatini baholashning asosiy mezoniga aylanishi kerakligini urg‘uladi. Prezident hokimlarning faoliyatini ham tanqid qildi. 

“Oldin hokim hech kim emas edi. Hamma vakolatlar berildi ularga. Marhamat endi hisob-kitobni joyiga qo‘yinglar. Xafa bo‘lmanglar, senat vakillari, kengash vakillari viloyatga borsangiz hokimning oldiga borasizlar. Sizlarning uyingiz kengash aslida. Nega? Chunki kengashning o‘zi yo‘q. 

Agar quyi pog‘onani qo‘lga olsa, hammasi joyiga tushadi. Buni ba’zi hokimlar xohlamaydi, nafaqat xohlamaydi, balki bilmaydi ham. Bizning marralar murakkab va katta marralar. Biz shunday qilmasak xalq rozi bo‘lmaydi. Shu 2-3 yilda ko‘p ishlar bo‘ldi. Tarixga nazar solsak, katta ishlar bo‘ldi. Lekin odamlar o‘rgandi. Odam ko‘chaga chiqsa, go‘sht arzon bo‘lsa, narx-ngavo yashi bo‘lsa... Endi biz majlis bilan hech narsa hal qilmaydi. KPSS paytida men o‘zim guvohman, ertalab 5 gacha o‘tarardik paxta paytida. O‘sha kunlar esdan chiqishi kerak”, deydi davlat rahbari. 

Prezident har bir ish endi qog‘ozga qarab emas, pirovard natijaga qarab belgilanishini qayd etdi. Bunda Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi 1 oy ichida natijalar belgilashi haqida aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing