Qo‘rqinchli yo‘llar: O‘zbekistonda 3 oyda necha kishi YTH qurboni bo‘ldi?

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari natijasida 394 kishi halok bo‘ldi va 1168 kishi jarohat oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvaridan martigacha bo‘lgan vaqt ichida rasmiy ravishda qayd etilgan baxtsiz hodisalar soni 1491 tani tashkil etgan. Ularning 602 tasi piyodalar, 162 tasi velosipedchilar, 95 tasi bolalar va yana 10 ta holat mototsiklchilar ishtirokida sodir bo‘lgan. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan YTHda 394 kishi halok bo‘lgan. 1168 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisalarning aksariyati Farg‘ona viloyatida qayd etilgan. U yerda joriy yilning birinchi choragida 210 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Toshkent viloyatida Farg‘ona viloyatiga qaraganda atigi ikkita avtohalokat kam bo‘lgan. Toshkent shahrida esa 170 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari: 

  • mast holatda rulda bo‘lish – 2,6%;
  • haydash paytida uxlab qolish – 3,3%;
  • haydash tajribasining yetarli bo‘lmasligi – 5,8%; 
  • sifatsiz yo‘l va nosoz transport vositasi tufayli – 4,2%;
  • velosiped uchun maxsus yo‘lkaning yo‘qligi – 4,2%; 
  • qarama-qarshi yo‘lga chiqish – 7,6%;
  • ustunlikka ega transportga yo‘l bermaslik – 12,4%;
  • piyodalar o‘tish joylarining yetishmasligi – 15,3%; 
  • tezlikni oshirish – 37,8%.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing