Qo‘rqinchli tush: dunyoning mashhur nashrlari Trampni “o‘qqa tutdi”

Olam

image

Agar Donald Tramp AQSH tarixida salbiy nom qoldirishni maqsad qilgan bo‘lsa, u bunga erishdi. O‘zini siyosatchi deb hisoblamaydigan Prezident butun boshli mamlakatni Twitter sahifasi orqali “boshqarishga” urinib, ko‘plab populistik bayonotlar e’lon qildi. Oqibatda uning akkaunti ijtimoiy tarmoqlarning ma’muriyati tomonidan bloklandi.

Gap shundaki, uning provakatsiyali bayonotlari AQSH Kongress binosining talon-taroj qilinishiga, mamlakatda prezidentlik saylovlariga bo‘lgan ishonchning sinishiga olib keldi. 

Amerikada ro‘y bergan so‘nggi voqealar dunyo siyosiy arenasining boshqa liderlariga bir tomondan qo‘l keldi. Ular AQSH endilikda dunyoda demokratiyani targ‘ib qilmasligini talab qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, AQSHning jahon sahnasidagi obro‘si Tramp davrida jiddiy zarar ko‘rdi. Quyida dunyoga mashhur nashrlar tomonidan Trampning so‘nggi kunlariga bag‘ishlangan sonlarini havola etamiz.

"Newsweek", AQSH

“Feyk xabarlar yili. Jangovar signal. Prezident Tramp favqulodda vakolatlarga ega. Harbiylar xavotirda”

"Charlie Hebdo", Fransiya

“Buyuk prezident bo‘lish uchun bir haftadan ko‘proq vaqt”

"The Guardian weekly", Buyuk Britaniya

“Uning so‘nggi pardasi. Donald Trampning xayrlashuv sovg‘asi”

"The New European", Buyuk Britaniya

“Demoskratiya (ataylab xato bilan yozilgan – tahr.) AQSH va dunyoga nima bo‘ladi?” 

"Der Spiegel", Germaniya

“Trampning armiyasi. Issiq. Kasal. Xavfli. Qanday qilib Prezident inqilobning yetakchisiga aylandi?”

"New Statesman", Buyuk Britaniya

“Amerikada fuqarolar urushi. Trampizmga qarshi kurash”

"Maclean's", Kanada

“AQSH uchun qo‘rqinchli tush”

"The Economist", Buyuk Britaniya

“Trampning merosi. Sharmandalik va imkoniyat”

"Time", AQSH

“Demokratiya xavf ostida”

"The Spectator", Buyuk Britaniya

“Texnologiyalarning ustunligi. Silikon vodiysi endi o‘z kuchini yashira olmaydi”

"Mother Jones", AQSH

“Siz ishdan bo‘shatildingiz”


Maqola muallifi

Teglar

"Charlie Hebdo" "Newsweek" "The Guardian weekly" "The New European" "Der Spiegel" "New Statesman" "Maclean's" "The Economist"

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar