Qurilish vazirligi Sergelidagi uylar devorida paydo bo‘lgan teshik yuzasidan izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birining lifti yonida teshik paydo bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Sergeli tumani, 3A - qurilish maydonida o‘rganishlar olib borilgan. Natijada, imoratlardan birining lift shaxtasi devori teshilganligi va penoplast bilan sifatsiz qoplanganligi yuzasidan, Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi “O‘zshahar Qurilish Invest” MCHJ IK va quruvchi tashkilot “Yangi Zamon Bino” MCHJ ma’sullari chaqirtirilib, hududdagi binolar o‘rganib chiqilgan.

“Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarning aniq manzili yo‘qligi bois lift shaxtasidagi devor yorig‘i mavjud bo‘lgan bino aniqlanmadi. Ammo, shunga o‘xshash holat 22 uyda kuzatildi.

Lift shaxtasi ikki qismdan iborat betonli bloklardan tashkil topgan bo‘lib, ularning bir-biriga ulanish oralig‘iga, seysmika talablariga asosan, loyiha hujjatlarida elastik mahsulot bilan jipslanishi ko‘rsatilgan. Elastik mahsulot sifatida penoplast o‘rnatilgan. Shuningdek, beton bloklarini montaj qilish uchun mo‘ljallangan ilgaklar oralig‘ida ham tirqishlar mavjud bo‘lib, ushbu teshiklar ham penoplast mahsuloti bilan berkitilgan. Tashqi ta’sir oqibatida ushbu tirqishga o‘rnatilgan penoplast qoplamasi ko‘chirib olingan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Lift shaxtasining asosiy yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalariga zarar yetmagan va hozirda ushbu tirqish quruvchi tashkilot tomonidan bartaraf etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli

Baholaganlar

490

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing