Qurilish loyihalarini taqsimlash elektronlashtiriladi – Prezident qarori
Jamiyat
−
17 Noyabr 2022 8729 2 daqiqa
Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra, investitsiya dasturlari va tashabbusli byudjetlashtirish asosida moliyalashtiriladigan qurilish loyihalarini amalga oshirishning yangi tartibi belgilanmoqda. Bunda:
• ob’ektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” axborot tizimida inson omilisiz aniqlanadi.
• 2023 yil 1 martga qadar qurilish ob’ektlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda kamchiliklar va qonun buzilishi holatlarini aks ettiruvchi foto va video materiallarni yuklash imkonini beruvchi “Shaffof qurilish” axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.
• buyurtmachi bilan loyihachi va pudratchilar o‘rtasidagi shartnomalar faqat elektron raqamli imzo orqali tuziladi.
• manzilli ro‘yxatlar ulardagi har bir ob’ektga identifikatsiya raqami berilgan holda elektron tizimda yuritiladi.
• xavf-xatar toifasidan qat’i nazar barcha ob’ektlar vakolatli organdan elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladi va nazoratga olinadi.
• ob’ektlar yuzasidan hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.
Xujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 fevraldan boshlab:
• bosh pudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan qurilish ishlari haqidagi hisobot elektron tizimda shaxsiy kabinetda shakllantiriladi va buyurtmachi bilan elektron kelishiladi, moliyalashtirish uchun g‘aznachilikka elektron tizim orqali yuboriladi.
• loyihachi va pudratchilarning reytingi, har bir ob’ektning hujjatlari, bajarilgan ish hajmlari va moliyalashtirilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida jamoatchilik uchun ochiq e’lon qilinadi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr