Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkaziladi 

Jamiyat

image

Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkazilishi va vakolatlari kengaytirilishi belgilandi. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Yig‘ilishda faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi. Bildirilishicha, o‘tgan bir yarim yilda ekspertizasi yo‘q 2,2 ming ob’ekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan. O‘tgan yil ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta ob’ekt aniqlangan.

Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Qayd etilishicha, bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Yangi qurilish loyihalarida tadbirkorlar elektr va gaz ta’minotiga ulanishi uchun texnik shartlar olish tizimini raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi. Bunda tarmoqqa ulanish nuqtasini inson omilisiz avtomatlashgan tarzda tanlash tizimi joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qurilish inspektsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar