Qo‘rg‘ontepada choyxona yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 5 avgust kuni soat 15:06 larda Qo‘rg‘ontepa tumani, A. Jome mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan choyxonada yuz bergan. Yong‘in haqida 112 yagona dispetcherlik tizimi orqali xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:10 da voqea joyiga yetib borib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘inni soat 15:56 da to‘liq bartaraf etgan.

Hodisa oqibatida choyxonaning tom qismi yonib, zarar ko‘rgan. Yong‘in natijasida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi elektr qutisida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing