Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga sovg‘a: soliq yengillashadi, tekshiruvlar qisqaradi
Jamiyat
−
26 may 1347 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi va bevosita davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlovi bilan tadbirkorlarga qulaylik yaratadigan yana yangi imkoniyatlar e’lon qilindi.
Eng muhim yangilik – 2026 yil 1 iyundan kichik biznesning soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga oshirilishi kutilmoqda. Bu ko‘plab tadbirkorlarga QQS va foyda solig‘i to‘lashga erta o‘tish jarayonini yengillashtirib, tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish imkonini beradi.
Shuningdek:
- umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat sohalari uchun 6%lik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etiladi;
- past xavfli tadbirkorlar uchun QQS qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi;
- QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti bekor qilinadi;
- soliq auditi va sayyor tekshiruvlariga cheklovlar kiritiladi;
- bank hisobraqamlarini ochish va ayrim jarayonlar raqamlashtiriladi.
Maqsad – kichik biznesni “soya”dan chiqarish, aylanmani yashirishga ehtiyojni kamaytirish va tadbirkor uchun adolatli, sodda muhit yaratish.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yengilliklar 600 mingdan ortiq kichik biznes sub’ektiga qonuniy o‘sish imkonini beradi.
Live
Barchasi