Qumqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi. Normo‘min Omonovich Choriyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kungacha viloyat hokimining  qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahmatullo Boboxonovich Gapparov Qumqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Rahmatullo Boboxonovich Gapparov 1984 yilning 24 mayida Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. 2018 yilda Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qumqo'rg'on tumani Rahmatullo Gapparov

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar