Qum bo‘ronidagi YTH bir yo‘lovchini hayotdan olib ketdi
3-sahifa
−
06 noyabr 2021
6164Joriy yilning 4 noyabr kuni Navoiy viloyatida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 13:30 atrofida Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida yuz bergan. 36 yoshli haydovchi U.T. boshqaruvidagi Captiva, 59 yoshli haydovchi M.E. boshqaruvidagi Nexia hamda 37 yoshli haydovchi A.T. boshqaruvidagi Cobalt avtmobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, YTHga qum bo‘roni ko‘rinishni cheklaganligi va oraliq masofa saqlanmaganligi sabab bo‘lgan. Oqibatda Cobalt avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur YTH yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
“Hurmatli haydovchilar, qum bo‘roni ko‘rinishni cheklab YTHlarga sabab bo‘lmoqda. Sizlardan oraliq masofani saqlab, tezlikni me’yordan oshirmasdan harakatlanishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 30 barobar oshgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi