Qo‘qonda II Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yilda Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 

Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etiladi:

  • birinchi bosqich – tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2022 yilning aprel oyida;
  • ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 2022 yil iyunda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu festival ilk marta 2019 yilning sentyabr oyida o‘tkazilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirni ochib bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing