Qo‘qonda erkak qaynonasi va xotinini vahshiylarcha o‘ldirdi 

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida turmush o‘rtog‘ini 17 marotaba, qaynonasini esa 9 marotaba pichoqlab o‘ldirgan erkak 20 yil 1 oy muddatga qamaldi. Bu haqda viloyat sudi Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, J.H. turmush o‘rtog‘i Sh.H. bilan 2015 yilda turmush qurib, 2021 yilga qadar ikki nafar farzandi bilan yashab kelgan. Biroq o‘tgan yilning 20 iyul kuni o‘zaro oilaviy kelishmovchilik va rashk sababli Sh.H. ota uyiga ketib qolgan. J.H. esa oradan bir oy vaqt o‘tib, 28 avgustda turmush o‘rtog‘i yashayotgan xonadonga gaplashib olish uchun borgan vaqtida er-xotinning o‘rtasida yana janjal yuzaga kelgan. 

Bu vaqtda Sh.H.ning onasi suhbatga qo‘shilgan, bundan jahli chiqqan erkak esa voyaga yetmagan farzandi ko‘z o‘ngida qaynonasinining yuz qismiga tepib, uni hushidan ketkazgan. So‘ngra xonadagi xontaxta ustida bo‘lgan oshxona pichog‘ini olib, turmush o‘rtog‘i Sh.H.ning qorin va orqa bel sohalariga 17 marotaba sanchgan. Keyin esa behush yotgan qaynonasining o‘ziga kelib qolishi mumkinligidan qo‘rqib, pichoqni uning qorin sohasiga 9 marta sanchgan. 

J.H.ning rafiqasi ham, qaynonasi ham olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. 

Mazkur holat holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "a", "v", "j" bandlari bilan erkak aybli deb topilib, unga JKning 60-moddasiga asosan 20 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

908

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing