Qo‘qon “zamhokim”i bilan birga ushlangan temir yo‘l xodimi bo‘yicha izoh berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.N. “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK balansida bo‘lgan 2,5 gektar yer maydonidagi bino va inshootlar bo‘yicha o‘tkaziladigan auksion savdolarda qaror chiqartirib berish evaziga 180 000 dollar talab qilingani haqida xabar tarqalgan edi. U so‘ralgan pulning bir qismini olayotganda qo‘lga tushgandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirib, korxonada hech qanday sotuvga qo‘yilgan yer maydoni yo‘qligini bildirdi. Shuningdek, hokim o‘rinbosari bilan birga ushlangani aytilgan temir yo‘l xodimi bo‘yicha ham izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat ushbu korxonaga mutlaqo aloqasi yo‘q va korxonaning hech qanday yeri sotuvga qo‘yilmagan. Shu bilan birga, Davlat xavfsizlik xizmati Matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan xabarlarda ham “Qo‘qon MTU” UK balansidagi yer maydoni haqida ma’lumot keltirilmagan.

Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan shaxs O.M. “Qo‘qon MTU” UK moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan sobiq xodim bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, u 2008–2017 yillarda ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. Undan keyin 2017–2021 yillarda Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing