Qo‘qon hokimligi ro‘mol o‘raydigan o‘quvchilar ro‘yxati tuzilayotganini tan oldi

Jamiyat

image

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan ro‘mol o‘raydigan Qo‘qon shahri maktab o‘quvchilarining ro‘yxatlari xususidagi maqola yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

"Shahrimiz yoshlarini har tomonlama barkamol inson qilib voyaga yetkazish, ularning turli sohalardagi iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, qiziqishlarini o‘rganish va turli noqonuniy diniy ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketishlarining oldini olish maqsadida shahrimiz ta’lim muassasalari o‘quvchilarining qiziqishlari va xulq-atvori doimiy monitoring qilib boriladi. 

Yoshlarimizning qiziqishlaridan kelib chiqib, iqtidorlarini to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida informatsion texnologiyalarga, san’atga va boshqa sohalarga qiziqadigan yoshlarning ro‘yxatlari shakllantiriladi.

Xususan dinga, ro‘mol o‘rashga qiziqadigan maktab o‘quvchilarining ro‘yxati ular o‘rtasida ekstremistik g‘oyalar tomir otishining oldini olish, muqaddas dinimizning asl mohiyatini tushuntirish, yoshlarning, avvalambor, bilim olishga qiziqishlarini oshirish maqsadida tuziladi.

Ushbu ro‘yxatlarning mahalla fuqarolar yig‘inlariga taqdim etilishi ta’lim-tarbiya ishlariga yoshlarning ota-onalarini ham jalb qilishni nazarda tutadi va mahalla fuqarolari yig‘inlari raislarining yoshlar hamda diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarining vazifasiga kiradi.

Yoshlarning ushbu ro‘yxatlarda keltirilishi ularning tarbiyasini maktab,  mahalla va ota-onalar hamkorligida samarali tashkil etishni nazarda tutadi va hech qanday salbiy ma’noga ega emas. Ushbu yoshlarning ota-onalariga farzand tarbiyasi bo‘yicha tavsiyalar berilishi nazarda tutilgan bo‘lib, ularning turli ro‘yxatlarga kiritilishidan xavotirga o‘rin yo‘q", deyiladi Qo‘qon shahar hokimiligi matbuot xizmati bayonotida. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon hokimligi ro'mol o'raydigan

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar