Quddusda musulmonlar va yahudiylar o‘rtasidagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda
Olam
−
24 aprel 2021
9315AQSHning Isroildagi elchixonasi Quddus shahrida zo‘ravonliklar ko‘payganidan xavotir bildirdi. Bu haqda Amerika diplomatik vakolatxonasi xabarida aytilgan.
“Biz barcha tomonlarni zo‘ravonlikni to‘xtatish, barqarorlikni ta’minlash va Quddus aholisi xavfsizligini hurmat qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Ramazon oyi boshidan beri Quddusda, xususan Isroil tomonidan ishg‘ol qilingan Sharqiy Quddusning Eski shahar hududida keskinlik kuchaygan.
Muqaddas oyning birinchi kunlaridan boshlab Isroil politsiyasi Damashq darvozasida yig‘ilgan falastinliklarga qarshi kuch ishlatdi. Oqshomda Isroil politsiyasining zo‘ravonliklari natijasida 105 falastinlik jarohat oldi.
Ushbu voqealardan keyin Quddusning turli joylarida falastinliklar va yahudiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘arbiy sohilda falastinlik namoyishchilarga qarshi o‘q otib, 4 kishini jarohatlagandi.
Shuningdek, Isroil samolyotlari G‘azo sektoriga yana bir zarba berdi.
Shuningdek, avvalroq Isroil harbiylari 186-marta Al-Naqaba cho‘lida joylashgan Al-Araqib qishlog‘idagi turar-joy binolarini buzdi.
LiveBarchasi