Qudbiyevga navbatdagi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 avgust kuni imzolagan farmoni bilan Umar Sapayevich Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Sherzod Qudbiyev Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga, Yoshlar ittifoqi raisi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Qahramon Quronboyev Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Umar Ismoilov

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing