Qrimdagi suv toshqini davom etmoqda. Yarimorolda favqulodda holat e’lon qilindi (fotoreportaj)

Olam

image

Joriy yilning 17 iyun kuni Qrim yarimoroliga kirib kelgan kuchli siklon olib kelgan tinimsiz yomg‘ir natijasida mintaqa sharqidagi 300 dan ziyod xonadonni suv bosdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Yaltadagi Vodopadnaya daryosi kuchli yomg‘ir tufayli qirg‘og‘idan toshib, ko‘chalar va uylarni suv bosdi. Qrim rahbari Sergey Aksenov yarimorolda favqulodda vaziyatni joriy qildi va toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun zaxira fondidan mablag‘ ajratilganini ta’kidladi.

Toshqin oqibatida hozircha bir kishi halok bo‘lib, 11 kishi jabrlangan. Shuningdek, transport harakati ham to‘xtab qolgan.

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli suv toshqini ostida qolgan Kerch va Yalta shaharlarida (Qrimda joylashgan) 1773 kishi, shu jumladan, 321 nafar yosh bola evakuatsiya qilingan.

18 iyungacha bo‘lgan vaqt mobaynida 426 ta uyga yondosh hududlarni suv bosgan, shulardan 365 tasi hovli-joylar, 18 tasi esa ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlardir. Ayni paytda Kerch, Feodosiya va Yalta kabi oltita munitsipal hududlarda 64 ta uy-joy suv ostida qolmoqda.

Yalta va Kerchda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Hozirda Kerchdagi elektr masalasi hal qilingan, ammo Yaltada 1420 ta xususiy uy-xo‘jaliklari va 18 ta ko‘p qavatli uylar ta’minotdan uzilib qolgan.

Kerchda Jarjava va Melek-Cheshme daryolari toshib ketgan. Shahar markazi suv ostida qolgan. Aholidan ovqat tayyorlash uchun kran suvidan foydalanmaslik so‘ralyapti.

Mintaqa Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan yomg‘ir, momaqaldiroq va do‘l kabi tabiat hodisalari munosabati bilan yakshanba o‘rtalariga qadar bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilindi.

 Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing