Qrimda Rossiya qiruvchi samolyoti dengizga qulab tushdi (video)

Olam

image

Anneksiya qilingan Qrimdagi Sevastopolda harbiy samolyot dengizga qulab tushdi. Bu haqda Rossiya tomonidan tayinlangan shahar gubernatori Mixail Razvojayev ma’lum qildi.

Guvohlarning videotasvirlariga qaraganda, bu Rossiyaning Su-35 yoki Su-27 qiruvchi samolyoti bo‘lishi mumkin. Qulashdan oldin samolyot havoda yonayotgan edi. Razvojayevning aytishicha, uchuvchi qutqarib qolingan. Mahalliy suv transporti taxminan 20 daqiqa harakatni to‘xtatgan.

Shaharda yashovchi rossiyalik harbiy bloger Boris Rojin samolyot adashib o‘qqa tutilganini da’vo qilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina Qurolli kuchlari voqeaga hozircha izoh bermadi. Boshqa versiyalarda esa samolyot qulashiga texnik muammolar va dvigatelga qush tushishi sabab bo‘lgani keltirilmoqda.

Bir o‘rindiqli Su-35 qiruvchisi Rossiya armiyasidagi eng zamonaviy samolyotlardan biri bo‘lib, u 2017 yilda foydalanishga topshirilgan. U Rossiya, Xitoy va Eron qo‘shinlarida qo‘llaniladi. Rossiyaning qator manbalari eski Su-27 qiruvchi samolyoti dengizga qulaganini da’vo qilmoqda. Bu ham rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Magadan viloyatida Mi-8 vertolyoti halokatga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Qrim Sevastopol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing