Qrimda dron urib tushirildi

Olam

image

Qrimning Bog‘chasaroy viloyatida uchuvchisiz uchish qurilmasi urib tushirildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dron suv nasos stansiyasiga hujum qilishga uringan, u tunda boshqa dronlar suvga g‘arq bo‘lgan joydan 20 kilometr sharqda urib tushirilgan.

Dron suv nasos minorasi yaqinida havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan. Oqibatda binoning oynalari silkingan, biroq mutaxassislar jiddiy zararni qayd etmagan. Hech qanday talafot ko‘rilmagan.

Bugun, 25 mayga o‘tar kechasi Sevastopolga uchuvchisiz samolyotlar hujum qildi. Gubernator Mixail Razvojayevning so‘zlariga ko‘ra, Qora dengiz floti qo‘shinlari ikkita dronni o‘qotar qurollardan urib tushirgan, o‘sha yerda yana bir nechta qurilma radioelektron urush tufayli suvga g‘arq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing