Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchi 147 marta yo‘l harakati qoidalarini buzdi

Jamiyat

image

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida o‘zbekistonlik erkak 147 marta yo‘l harakati qoidalarini buzdi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining axborot media-portali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Miraj-Uragan” tizimi yordamida Aqto‘be viloyati politsiyasi Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan VAZ-21099 rusumli avtomobil haydovchisini aniqlagan. Mamlakatda yashash huquqiga ega bo‘lgan haydovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, uning joriy yil boshidan beri 147 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani qayd etilgan.

Xabarga ko‘ra, erkak shahar yo‘llarida 146 marotaba tezlikni oshirgan, bir marta esa qizil chiroqda o‘tib ketgan. Jarimalarning umumiy miqdori 3 million tengedan (74 million so‘mdan ortiq) oshgan.

Hozirda politsiya materiallarni yig‘ib, qaror qabul qilish uchun ma’muriy sudga yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing