Qozog‘istonning yangi Prezidenti qasamyod qabul qildi
Olam
−
20 mart 2019
32164Xabaringiz bor, kecha, 19 mart kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Preizidenti Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqib, o‘z lavozim vakolatlari Senat spikeri Kasim-Jomart Tokayevga topshirgan edi.
Bugun, 20 mart kuni Kasim-Jomart Tokayev lavozimga kirishdi. U davlat boshqaruviga kirishish oldidan, Qozog‘iston xalq oldida qasamyod qabul qildi.
Marosim Qozog‘iston Respublikasi Milliy Gvardiyasi faxriy qorovullarining Parlament majlislar zaliga mamlakat bayrog‘i, gerbi va Konstitutsiyasini olib kirishi bilan boshlandi.
Shundan so‘ng zalga Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev va Kasim-Jomart Tokayev kirib keldi.
U so‘zga chiqib, “Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston Respublikasi prezidentiga yuklatilgan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qilaman”, dedi.
LiveBarchasi