Qozog‘istonning birinchi Bosh vaziri vafot etdi
Olam
−
10 fevral 2023 8481 1 daqiqa
10 fevral kuni Qozog‘istonning birinchi Bosh vaziri Sergey Tereshenko 72 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar berdi.
Sergey Tereshenko 1951 yilda tug‘ilgan. 1973 yilda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi institutini, 1987 yilda esa Olmaota oliy partiya maktabini, shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot intitutini ham tamomlagan.
Sobiq Ittifoq davrida Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, Oliy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, Qozog‘iston SSR Prezidentining o‘rinbosari kabi bir necha mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. 1991 yildan 1994 yilga qadar Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
2022 yilda u “Forbes Kazakhstan” talqini bo‘yicha Qozog‘istonning 50 ta eng nufuzli tadbirkorlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Live
Barchasi