Qozog‘istonning hukmron partiyasi prezidentlikka To‘qayev nomzodini ko‘rsatdi

Olam

image

Qozog‘istonda hukmron “Amanat” (sobiq "Nur-Otan") partiyasi amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi. Navbatdan tashqari XXIV qurultoy delegatlari tegishli qaror uchun ovoz berdi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri.

“Bir ovozdan qaror qabul qilindi. Hurmatli shu partiya a’zolari, “Amanat” partiyasining XXIV qurultoyi qarori bilan Qosim-Jomart Kemelevich To‘vayev bir ovozdan Qozog‘iston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi”, dedi partiya mas’ul kotibi Asxat Oralov.

Avvalroq bir qancha jamoat tashkilotlari va birlashmalari, jumladan Milliy ko‘ngillilar tarmog‘i, Qozog‘iston fuqarolik ittifoqi, Generallar kengashi, Qazaqstan team yoshlar birlashmasi, Afg‘oniston urushi faxriylari uyushmasi, sportchilar uyushmasi va boshqalar To‘qayev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan edi.

Siyosatchining o‘zi shu kuni Pavlodar viloyatida jamoatchilik bilan uchrashuvda saylovga qaysidir tashkilotdan emas, balki amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy asosini tashkil etuvchi keng ijtimoiy-siyosiy kuchlar koalitsiyasi nomidan qatnashishni to‘g‘ri qaror deb atadi. 

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 20 noyabr kuni navbatdan tashqari Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing