Qozog‘istonlik tadbirkorlar o‘zbek tovarlari kontrabandasidan shikoyat qilmoqda
Olam
−
10 noyabr 2021
15906Qozog‘istonlik tadbirkorlar mamlakatga o‘zbek tovarlarini kontrabanda orqali mamlakatga olib kirish holatlarini muhokama qilishdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘zbek tovarlarining Qozog‘iston bozorida ommalashishiga asosiy sabab qilib kontrabandani ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Inbusiness” nashri xabar bermoqda.
Qozog‘iston davlat bojxona xizmatining ma’lum qilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy savdo aylanmasi 2020 yilgiga qaraganda ancha o‘sgan.
Ayniqsa, kiyim-kechak (4,9 barobar) va o‘yinchoqlar (6,3 barobar) importi o‘sgani qayd etilgan. Rasmiy ravishda import qilinadigan plastik mahsulotlar hajmi 84 foizga, trikotaj mahsulotlari 62 foizga, qandolat mahsulotlari 44 foizga oshgan.
Qozog‘istonlik tadbirkorlar esa noqonuniy import oqimi ortib borayotganidan shikoyat qilmoqda.
“Kontrabanda avval ham bo‘lgan va hozir ham davom etmoqda. Pandemiyadan oldin odamlar jimgina aylanib yurib, yuk mashinalarida tovar olib o‘tgan bo‘lsa, hozir bundan ham yomoni kontrabanda mahsulotlari vagonlarda olib o‘tilmoqda”, deydi qandolat ishlab chiqaruvchi “Nurtau Distribution” rahbari Abay Mirzabayev.
Qayd etilishicha, o‘zbek mahsulotlari Qozog‘istonnikiga qaraganda ancha arzon.
Abay Mirzabayevga ko‘ra, Qozog‘istonda o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi korxonlar bir-ikkita bo‘lsa, Toshkent shahrining o‘zida yuzlab bunday korxonalar mavjud. Shuning uchun ham o‘zbek mahsulotlarining arzonligi raqobatga sabab bo‘lmoqda.
Qozog‘istonlik tadbirkorlar agar biznes noqonuniy importga qarshi kurashni boshlamasa, mamlakat to‘liq importga qaram bo‘lib qoladi, deya ta’kidlagan.
Natijada tomonlar Qozog‘istonning “Otamakon” milliy tadbirkorlar palatasi tomonidan taklif etilgan kontrabandaga qarshi birgalikdagi harakatlar kompleks rejasini ma’qullagan.
LiveBarchasi