Qozog‘istonlik erkak chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
Olam
−
11 avgust 2023
3459Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida 46 yoshli erkak chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur baxtsiz hodisa kecha, 10 avgust kuni sodir bo‘lgan. Erkakning jasadi viloyat hududidagi jamoat transporti bekatidan topilgan. Viloyat politsiya boshqarmasi o‘lim aynan chaqmoq urishi bilan bog‘liqligini tasdiqlamagan va sud-tibbiyot ekspertizasi bunga aniqlik kiritishini ma’lum qilgan.
“Jasad topilgani rost. Erkakning shaxsi aniqlangan. U 1977 yilda tug‘ilgan. Ayni paytda militsiya xodimlari uning o‘limi sabablarini o‘rganmoqda. Tafsilotlarni keyinroq ma’lum qilamiz”, deydi viloyat politsiya departamenti matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi tumanlarda ko‘p yomg‘ir yog‘ishi oqibatida bir necha ko‘chalarni suv bosgan. Yomg‘ir bilan birgalikda kuchli shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shunga o‘xshash holat O‘zbekistonda ham qayd etilgan. Joriy yilning iyun oyida respublikaning Andijon viloyatida chaqmoq urishi oqibatida 17 yosh bola vafot etgandi.
LiveBarchasi