Qozog‘istonlik bokschi Jalolovga murojaat qildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Og‘ir vazndagi qozog‘istonlik bokschi Nursulton Amanjolov o‘zining Instagram'dagi sahifasida o‘zbekistonlik sportchi Bahodir Jalolovga murojaat qildi. Bu haqda Sports.kz sayti xabar berdi.

"Aksariyat bokschilar men bilan jang qilishdan bosh tortdi”, deb yozdi qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolovni belgilab.

Shuningdek, Amanjolov  ijtimoiy tarmoqdagi postiga Baxodir Jalolov bilan tushgan suratini joylashtirgan va “Meni kutib oling”, deb yozib qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Amanjolov og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni Aleksandr Usikning ham sparring sherigi bo‘lgan.

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov esa 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari chempioni hisoblanadi. Professional faoliyati davomida Jalolov 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida muddatidan avval g‘alaba qozongan.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1787

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing