Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 134 barobar oshdi
Jamiyat
−
13 iyun 2023 10010 1 daqiqa
Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 134 barobar oshdi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi.
“2019 yilda go‘sht eksporti jami 9,7 ming tonnani, jumladan, Xitoyga – 3,6 ming tonna, Rossiyaga – 2,1 ming tonna va Eronga – 2,3 ming tonnani tashkil etdi. 2022 yil oxirida biz O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Qirg‘izistonga eksportni qayta yo‘naltirishga va 2,9 barobarga oshirishga muvaffaq bo‘ldik”, deydi Yerbol Karashukeyev.
Vazirning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda o‘tgan yili go‘sht eksporti 28,7 ming tonnani tashkil etgan.
“Bu so‘nggi 10 yildagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘tgan yilgi tendensiya joriy yilda ham davom etyapti. Shu qatorda O‘zbekistonga go‘sht eksporti 134 barobar, BAAga esa 8 barobar oshdi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr