Qozog‘istondan 280 tonna benzinni noqonuniy olib kirayotganlar qo‘lga tushdi

Olam

image

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidan O‘zbekistonga qariyb 300 tonna benzinni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Qozog‘iston mahalliy matbuoti Moliyaviy monitoring agentligiga tayanib xabar bermoqda.

“Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Pavlodar viloyatida 5 ta vagon-sisternani qo‘lga olindi. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, temir yo‘l sisternalaridan olingan namunalar yonilg‘i K-4 ekologik toifali AI-95 benzini ekanini ko‘rsatdi”, deyiladi agentlik xabarida.

Qo‘lga olingan benzinning hajmi 280 tonna bo‘lib, uning qiymati deyarli 90 mln tengega teng. Mahsulot deklaratsiyada antidetonator nomi ostida qayd etilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, kontrabandaga bosh-qosh bo‘lganlar jami 45 million AQSH dollari miqdoridagi 50 ming tonna benzinni eksport qilishni rejalashtirgan. Qabul qiluvchi oluvchi esa xorijiy kompaniya bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

“Hozirda tergov davom etmoqda. Tergov manfaatlarini ko‘zlagan xolda boshqa ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin emas. Davlat rahbarining topshirig‘ini bajarish maqsadida moliya monitoringi organlari tomonidan neft mahsulotlarini noqonuniy olib chiqib ketish holatlariga chek qo‘yish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing