Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlarning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida YTHda halok bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlikning jasadi mamlakatga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini mamlakatga tezkor qaytarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rgan.

Jumladan, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda halok bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlarini doimiy yashash joyi – Toshkent viloyatining Bekobod shahriga o‘z vaqtida yetkazish masalasi Qozog‘istonning vakolatli idoralari bilan tezkorlik bilan hal etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 avgust kuni Qizilo‘rda shahridan o‘tuvchi Shimkent–Samara avtomobil yo‘lining Aqsay hududida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa haydovchining rul boshqaruvida uxlab qolishi natijasida yuk avtomobili bilan to‘qnashishi sababli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing