Natija oldindan belgilab qo‘yilgan – Qozog‘istonda aholi saylovga qarshi bosh ko‘tardi
Olam
−
09 iyun 2019
8919Xabaringiz bor, bugun, 9 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasida navbatdan tashqari Prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Prezident saylovlari kutilmaganda mitinglarga ulanib ketdi. Tushdan so‘ng, mamlakatning Olma-ota va Nur-Sulton shaharlarida aholi noroziligi kelib chiqib, miting uyushtirildi.
RIA Novostining qayd etishicha, poytaxt Nur-Sulton shahrida o‘tgan namoyishlarda 700 ga yaqin kishi ishtirok etgan. Interfaksning ayni vaqtda Olma-otada bo‘lib turgan muxbiriga ko‘ra, shaharda 300 ga yaqin kishi to‘planib, mamlakatda o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari Prezident saylovlariga qarshi baykot qilish uchun namoyish o‘tkazgan. Namoyishchilarga ko‘ra, saylov adolatsiz va demokratiya tamoyillariga zid tarzda o‘tkazilmoqda. Uning natijalar avvaldan belgilab qo‘yilgan.
Qozog‘istonda ruxsat berilmagan mitinglarda ishtirok etgani uchun 100 dan ortiq fuqaro qo‘lga olingan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Marat Kojayev Markaziy saylov komissiyasi brifingida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 7 iyundan 11 iyungacha Nur-Sulton va Olma-otada saylovlar sabab kuchaytirilgan tartib e’lon qilindi. Shahar ko‘chalarida tartibni saqlash uchun 10 mingdan ortiq politsiya va Milliy gvardiya xizmatchilari jalb etildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, miting Chimkent shahrida ham o‘tkazilgan. Unda 20 kishi hibslangan. Hibslanganlar orasida xalqaro OAV jurnalistlari va huquq faollari ham borligi aytilmoqda.
LiveBarchasi