Qozog‘istondagi portlashda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Olam

image

Qozog‘istonning Aris shahridagi novvoyxonada gazballon portlashi oqibatida 40 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi. Bu haqda "Kazinform" xabar berdi.

Unga ko‘ra, portlash oqibatida jarohatlangan ikkinchi O‘zbekiston fuqarosi reanimatsiyada, uning tanasida 30 foiz kuyish bor.

“17 yanvar kuni taxminan soat 13:50 da O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Ikkalasi ham kuygan, erkakning 30 foiz, ayolning esa 70 foiz tanasi kuygan. 18 yanvar kuni tanasining 70 foizi kuygan ayol vafot etdi", degan Aris shahar markaziy tuman shifoxonasi jarrohlik bo‘limi mudiri Talgat Tojimetov.

Hodisa 17 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Yong‘in novvoyxona va do‘konning qariyb ikki yuz kvadrat metr maydonini qamrab olgan. Ma’lum qilinishicha, ballonlardan biri yong‘in sodir bo‘lgan joyga yaqin turgani sababli undagi gaz tezda qizib, kengayib, portlash sodir bo‘lgan. 

Qutqaruvchilar yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borgach, novvoyxonadan har biri 50 litrdan yana ikkita gazballonni va bir xil miqdordagi 25 litrli gazballonlarni olib chiqib ketishgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing