Qozog‘istondagi ko‘p qavatli binoda kuchli yong‘in yuzaga keldi (video)

Olam

image

Bugun, 22 iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bino ma’muriy va qisman turar joy hisoblanib, uning tashqi korpusi yonib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 16 ta texnika va 72 nafar xodim jalb etilgan. Shuningdek, voqea joyida shtab tashkil etilgan bo‘lib, evakuatsiya ishlari olib borilmoqda. 

Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan 8 kishi, jumladan 1 nafar bola binodan evakuatsiya qilingan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda restoranlardan biriga o‘t ketgani haqida xabar berilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qozog'iston ko'p qavatli bino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing