Qozog‘istondagi kondan kuchli yong‘in chiqdi

Olam

image

Qozog‘istonning g‘arbiy qismida joylashgan Oqto‘be viloyatidagi Janajol gaz kondensati konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar berdi

Janajol konidagi gazni qayta ishlash zavodi hududida yong‘in haqida xabar kecha, 1 may kuni tushdan keyin favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan. Matbuot xizmatining xabar berishicha, yengil uglevodorodlarni ishlab chiqarish zavodi yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirishda 52 qutqaruvchi va to‘qqizta texnika ishtirok etgan.

“Kuygan to‘rt ishchi zudlik bilan temir tumani Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli og‘ir”, deyiladi xabarda.

Viloyat hokimi matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in 15 soatdan keyin 2 may kuni soat 6:20 da (mahalliy vaqt bilan) o‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing