Qozog‘istondagi konda portlash bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 3 noyabr kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi konda gaz portladi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mavjud dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 noyabr kuni taxminan soat 03:00 da Shaxtinsk shahrida “Arselor Mittal Temirtau” AJ, Lenin konida gaz drenaj quduqlarini burg‘ulash vaqtida to‘satdan gaz portlashi sodir bo‘lgan. Oqibatda bu portlash to‘rt nafar ishchining o‘limiga sabab bo‘ldi, yana bir ishchini qidirish davom etmoqda, yana to‘rt nafari esa shifoxonaga yotqizilgan”, deyiladi  xabarida.

Qayd etilishicha, 106 nafar ishchi evakuatsiya qilingan. Hozirda hodisani o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzilmoqda.

Tergov natijalariga ko‘ra avariya sabablari va sharoitlari aniqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing