Qozog‘istonda mahbusni adashtirib ozod qilishdi
Olam
−
13 avgust 8143 1 daqiqa
Qozog‘istonning Atirau shahridagi tergov izolyatorida xatolik tufayli boshqa mahbus ozod qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish tizimi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Rustem Tungishbayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, familiyalarning bir xil bo‘lgani sababli mahbus adashib ozod qilingan. Ushbu holat bo‘yicha allaqachon jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va xatolik tufayli ozod etilgan erkak qaytib izolyatorga olib kelingan.
Idora vakilining aytishicha, muddatidan oldin ozod etish haqidagi hujjat xodimlarning xatosi tufayli rasmiylashtirilgan. “Aq Jayiq” gazetasining xabar berishicha, hujjatlarga tergov izolyatorining bir necha rahbarlari imzo chekkan.Tungishbayevning aytishicha, izolyatorning aybdor mansabdor shaxslari javobgarlikka tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda sevgi izhor qilgani uchun 3 yilga qamalgan erkak voqeadan sakkiz yil o‘tib oqlangan edi. Bombey Oliy sudi 25 yoshli erkakni 2017 yilda 17 yoshli qizga sevgisini bildirgani uchun unga qo‘yilgan jinsiy zo‘ravonlik ayblovini bekor qilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr