Qozog‘istonda jinoiy javobgarlik yoshini 12 yoshga tushirish taklif qilindi
Olam
−
11 Sentabr
2011Qozog‘istonlik deputat Maharram Maharramov parlament yig‘ilishida mamlakatdagi ayrim jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini 14 yoshdan 12 yoshgacha qisqartirish zarurligini bildirdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
“Bugungi kunda jinoyat sodir etganlar yoshi sababli jazosiz qolmoqda. Ehtimol, biz, qonunchilar, Buyuk Britaniyadan o‘rnak olib, jinoiy javobgarlik boshlanadigan yoshning chegara qiymatini qayta ko‘rib chiqishimiz kerakdir. Menimcha, ba’zi jinoyatlar uchun, masalan, zo‘rlash holatlarida javobgarlik 14 yoshdan emas, balki 12 yoshdan boshlab belgilanishi kerak”, degan deputat.
Maharramov voyaga yetmaganlarning huquqiy tarbiyasi, maktab o‘qituvchilaridagi yosh avlodning buzg‘unchi xulq-atvorini barvaqt oldini olish borasidagi qobiliyati haqida gapirar ekan, deputat bezorilikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus kengash tuzilgan Yaponiyani misol qilib keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kengash faoliyati kattalarning bolalar uchun xavfsiz muhit yaratishdagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.
Deputatning fikricha, o‘smirda kriminogen xulq-atvorning shakllanishiga axloqiy, huquqiy va boshqa ijtimoiy himoya shakllarining yagona tizimi yo‘qligi sabab bo‘lmoqda, zo‘ravonlikning keng tarqalishi esa maktab va ular atrofida bezorilik, banditizmga olib kelmoqda.
2020 yilda chop etilgan UNICEF Qozog‘iston ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarning 66 foizi maktabda zo‘ravonlik va kamsitishlarga duchor bo‘lgan, 44 foizi maktabda zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan, 24 foizi esa maktabda boshqa bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va kamsitish harakatlarini sodir etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi