Qozog‘istonda yo‘lda to‘xtab qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi
Jamiyat
−
03 fevral 2023
48161 fevral kuni soat 07:57 da Jualin tumani Nurlikent qishlog‘i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo‘lining 570-kilometrida to‘xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Qozog‘istonning Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti xabar berdi.
Avtobusda 51 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan qozog‘istonlik qutqaruvchilar 33 nafar O‘zbekiston va 18 nafar Tojikiston fuqarolarini Nurlikent qishlog‘idagi madaniyat markaziga yetkazgan va ular issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, avtobus Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi Jibek-Jo‘li (Chernyayevka) qishlog‘i bojxona postidan o‘tib, Ostona shahriga yo‘l olgan.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 17:30 da barcha yo‘lovchilar, jumladan, 5 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar Chimkent shahridan qo‘shimcha chaqirilgan avtobusda manzillariga jo‘natilgan.
LiveBarchasi