Qozog‘istonda yo‘l harakati qoidasini buzgan sigirlar “shtrafploshadka”ga qo‘yildi (video)

Olam

image

Qozog‘istonda 14 ta sigir avtomobil yo‘liga chiqib ketgani uchun Qarag‘anda viloyatidagi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda “nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hayvonlar avtomobillar harakatiga xalaqit qilgani yetmaganidek, o‘zidan chiqindi qoldirib yo‘lni iflos qilgan. Shu sababdan politsiyaga shahar aholisidan shikoyatlar kelib tushgan. Natijada 14 ta sigir “hibsga olingan”.

Chorva egasiga nisbatan Qozog‘iston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 408-moddasi (Qishloq hayvonlarini boqish qoidalarini buzish) bilan ogohlantirish shaklidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilgan.

Keyinchalik esa politsiya bu birinchi marta sodir bo‘lganini hisobga olib, uni jarima bilan jazolamaslikka qaror qilgan. Hayvonlar jarima maydonchasida bir kun turgan. Xabarga ko‘ra, sigirlar ushlab turilgani tufayli chorva egasi har bir hayvon uchun 1000 tenge (taxminan 25 ming so‘m) to‘lashi kerak.

Chorva egasining so‘zlariga ko‘ra, u mollarni shaharga ataylab haydamagan. U tanishlari tomonidan yuborilgan videolavhalarda sigirlari shahar bo‘ylab sayr qilib yurganini ko‘rib, darhol ularni izlashga tushgan. Shuningdek, u hayvonlarni o‘tlatish uchun yaylovlari borligini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning  aprel oyida O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash holat bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga 6 ming bosh qo‘y haydab kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing