Qozog‘istonda yuqori patogenli parranda grippi tarqaldi
Olam
−
19 Sentabr 2020
13190Joriy yilning 9-16 sentyabr kunlari Qozog‘iston shimolidagi 7 tumanda turli parrandalarning o‘limi kuzatildi. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Shimoliy-Qozog‘iston viloyatining Timiryazev, Tayinshin, Jambil, Qiziljar, Shal akin hamda Gabita Musrepov va Magjan Jumabayev nomidagi tumanlarda parrandalar o‘limi kuzatilgan.
“Milliy referent markazi ularning o‘limiga yuqori patogenli parranda grippi sabab bo‘lganini aniqladi. Qabul qilingan qoidalarga ko‘ra, Qozog‘iston kasallik tarqalayotgani haqida Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkilotini ogohlantirdi”, deyiladi xabarda.
17 sentyabr kuni Shimoliy-Qozog‘iston viloyatining yettita tumanida karantin rejimi o‘rnatilgan. Karantin vaqtida odamlar va avtotransport vositalarining harakati mumkin qadar cheklanadi. Bu hududlarga kirishda dezinfeksion to‘siqlar o‘rnatiladi.
Karantin so‘nggi kasallanish qayd etilganidan 21 kun o‘tib bekor qilinadi.
Avvalroq, Xitoyda yangi koronavirusning ilk o‘chog‘i bo‘lgan Vuhan provinsiyasiga qo‘shni hududda parranda grippi tarqalgani haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va Vetnamda ham yuqori patogenli parranda grippi tarqalayotgani aytilgandi.
LiveBarchasi