Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobusda jarohatlanganlardan 5 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan

Jamiyat

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtobusdagi 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabar berdi.

Dastlabki tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, YTH ishtirokchilarining 12 nafari shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ularning 5 nafari (1946 yilda tug‘ilgan D.I., 1986 yilda tug‘ilgan T.D., 2000 yilda tug‘ilgan J.J., 1986 yilda tug‘ilgan E.S., 1998 yilda tug‘ilgan T.T.) O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu hodisa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qozog‘istondagi vakili va O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 avgust kuni soat 7:18 da O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ketayotgan avtobus Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 12 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Transport vazirligi Matbuot xizmati avtobus “MIRONSHOX GRAND TRANS” MCHJga tegishli ekani hamda u “Toshkent” avtovokzalidan ikki nafar haydovchi va 47 nafar yo‘lovchi bilan yo‘lga chiqqanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing