Qozog‘istonda vertolyot qulab tushdi. Qurbon bor

Olam

image

Bugun, 9 noyabr kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Mi-8 vertolyoti qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda mamlakatning Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 11:40 da 112 raqamiga ega ushbu vertolyotning Marktuk tumani Sarijar qishlog‘i yaqinida qo‘nishni amalga oshirayotganda qulab tushgani haqida ma’lumot kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta avariya texnikasi va 23 nafar shaxsiy tarkib jo‘natilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.

Vertolyot Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tegishli ekani taxmin qilinmoqda. Bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan. Jarohatlanganlar Yak-40 samolyotida Aqto‘be shahriga Havo hujumidan mudofaa kuchlari harbiy institutiga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Amur viloyatida g‘oyib bo‘lgan Robinson vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi. Rossiya Tergov qo‘mitasining Sharqiy mintaqalararo transport tergov boshqarmasi vertolyotning yo‘qolishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aqto'be viloyati Mi-8 vertolyoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing