Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak dahshatli qotillik sodir etdi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Sariog‘och shahrida 39 yoshli o‘zbekistonlik erkak nafaqaxo‘r ayolni bolta bilan chopib tashladi. Bu haqda “Otyrar.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qotillik joriy yilning may oyida Jibek Joli qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Sud hujjatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 39 yoshli erkak nafaqaxo‘r ayolni bolta bilan urib, bog‘lab qo‘ygan. Jabrlanuvchi hushini yo‘qotgach dastlab uning tomog‘idan kesgan. Keyin esa qo‘llari va jinsiy a’zosini kesib olgan. Erkak “qotillik” moddasi bo‘yicha sud qilingan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining o‘limiga bo‘yin qismidagi chopilish va kesilish jarohatlar oqibatida yuzaga kelgan travmatik hamda gemorragik shok sabab bo‘lgan. Truxeya, qizilo‘ngach, birinchi bo‘yin umurtqasi, orqa miya va yirik qon tomirlari zararlangani qayd etilgan. Shuningdek, boshning kesib olingani aniqlangan.

Sudda erkakning aybi to‘liq isbotlangan. Biroq psixiatriya ekspertizasi u surunkali ruhiy kasallik – paranoid shizofreniyadan aziyat chekishini va olti yildan ortiq vaqt mobaynida dispanser hisobida turganini ko‘rsatgan.

“Jamoat uchun xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Unga nisbatan maxsus psixiatriya shifoxonasida intensiv kuzatuv bilan majburiy davolash choralari qo‘llaniladi”, deyiladi Turkiston viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sud qarorida.

Ayblanuvchi Olmaota viloyatining Talg‘ar tumani Oqtosh qishlog‘idagi psixiatriya shifoxonasiga majburiy davolanishga yuborilgan. Marhumning qarindoshlari esa sud qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning o‘zbekistonliklar eng ko‘p istiqomat qiladigan megapolislaridan biri Istanbulning Fotih tumanida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 36 yashar Zulayho E. bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Qozog'iston Sariog'och

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing