Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchini jarohatlagan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
05 noyabr
3427O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi “Maysiy” postida o‘zbek haydovchisini qozog‘istonlik yigitlar pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Transport vazirligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 2024 yil 3 noyabr kuni chegaradagi “S.Najimov – Kazigurt” nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan. Shuningdek, “Kurmangazi” chegara o‘tish punktida Astraxan shahri yo‘nalishida yuk avtotransport vositalari to‘planib qolgan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Qozog‘iston Transport vazirligi bilan muzokaralar olib borilgan. Unda Qozog‘iston tomoni o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazish bilan bog‘liq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olingani ma’lum qilingan.
Hozirda Turkiston viloyati Sariyog‘och tuman politsiya bo‘limi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 293-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan, gumondor shaxs bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi qidirilmoqda.
“Kurmangazi” chegara o‘tish punktida avtotransport vositalarining to‘planib qolishi holatining oldini olish bo‘yicha Qozog‘iston mas’ullari barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda.
LiveBarchasi