Qozog‘istonda O‘zbekiston va Tojikistonga 343 ming dollarlik gaz sotgan ayol ushlandi

Olam

image

Qozog‘istonda O‘zbekiston va Tojikistonga noqonuniy ravishda 960 tonna suyultirilgan gaz sotgan chimkentlik tadbirkor ayol ushlandi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Chimkentdagi korxonalardan birining direktori G.Cherkasova noqonuniy yo‘llar bilan sotib olgan 960 tonnadan ortiq suyultirilgan gazni O‘zbekiston va Tojikistonga 146 million tengega (343 ming dollardan ortiq) sotgan. 

Aniqlanishicha, tadbirkor ayol yukni bojxonadan olib o‘tishda soxta shartnoma va hujjatlardan foydalangan.

Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda sud tadbirkorni 4,3 million tenge (10 ming dollar) jarimaga tortgan. Shuningdek, yetkazilgan zararni qoplashi ham belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing