Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi muntazam majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istondagi g‘isht zavodida ishlovchi O‘zbekiston fuqarosining ish beruvchi tomonidan muntazam majburiy mehnatga jalb qilingani va jismoniy kuch ishlatilgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi S.H. mavsumiy ishlarda ishlash maqsadida joriy yilning 19 mart kuni “G‘isht ko‘prik – Jibek joli” nazorat o‘tkazish posti orqali Qozog‘istonga kirib borgan. U 11 iyul kunidan Jambil viloyati Bayzakov tumani Dixan qishlog‘ida joylashgan g‘isht zavodida ish boshlagan.

Ish jarayonida u zavod rahbari M.A. tominidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan va muntazam ravishda majburiy mehnatga jalb qilingan.

Hozirda ushbu holat O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Bayzakov tumani politsiyasi bilan hamkorlikda nazoratga olingan.

Shuningdek, mazkur zavod rahbari M.A. ustidan yana 4 nafar o‘zbekistonlik migrant murojaati bo‘yicha ham sudga qadar tergov o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston majburiy mehnat o'zbekistonlik migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing